Botanika Saroyi
Qurilish qanday ketmoqda
Fotogalereya

Onlayn kameralar
Panorama 360
Biznes
Uy-joy turi
16
Qavatlar soni
3 m
Shift balandligi
37-144 m²
Xonadonlar maydoni
Ulkan hayot hududi

Taunxauslar
Zamonaviy turar-joy majmuasi ichidagi xususiy uy.
Alohida ikki qavatli blokda joylashgan, maydoni 150 m² gacha bo‘lgan va bor-yo‘g‘i 6 ta lotdan iborat taunxauslar.
Birinchi qavatda — shaxsiy terrasa. Kam qavatli bino, ko‘proq maxfiylik va shaxsiy makon. Shu bilan birga, taunxaus aholisi Botanika Saroyi turar-joy majmuasining barcha afzalliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
Siz hududni mustaqil ravishda parvarish qilish yoki xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanish zaruratisiz, shaxsiy uyning asosiy afzalliklariga — kenglik, terrasa va maxfiylikka ega bo‘lasiz.
Hovlini obodonlashtirish
Yopiq hovli va 24/7 video kuzatuv oilaviy vaqt uchun xavfsiz hudud hisoblanadi. Turar-joy majmuasining bir qismida Yevropada ishlab chiqarilgan ekomateriallardan yopiq bolalar o’yin maydonchasi yaratiladi, bu yerda jajji aholi ob-havoning qanday bo’lishidan qatʼiy nazar oʻynash va dam olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ko‘kalamzorlashtirish
BOTANIKA SAROYI hududining 45%dan ortig‘i — ko‘kalamzorlashtirilgan hudud
Daraxtlar: olxo‘ri, qarag‘ay, tikanli archa, lola daraxti, chetan, zarang, jo‘ka, katalpa, qora va tog‘ qarag‘ayi.
Ignabarglilar: sarv, tuya, archa, shamshod.
Butalar: zirk, beresklet, nandina, ligustrum, pufakmeva, veygela, kalina, lavrgilos, nastarin, irg‘ay, fotiniya, spireya.
Gulli o‘simliklar: lavanda, yorongul, atirgul, gortenziya, kun go‘zali, sedum.
Manzarali o‘tlar: pennisetum.
Xoll dizayni
Ushbu majmuani loyihalashtirishda biz xollda tabiatning tabiiylikni aks ettiruvchi elementlarini kiritdik, bu bilan biz atrof - muhit musaffoligi, havoning tozaligiga urg’u bergan xolda, yog'och, tosh, yashil ranglardan foydalangandik va majmuamiz aholisi uchun qulay mikroiqlim yaratdik.
Boshqaruv kompaniyasi
Servis kompaniyasi bo‘yicha dastlabki to‘lovlar:
Xonadon — 1 m² uchun 9.991 so‘m
Omborxona — 1 m² uchun 3.900 so‘m
Yerosti avtoturargohi — bitta joy uchun 265 000 so‘m
Funktsional xonalar
Sizga qulaylik yaratish uchun majmuada yer osti va yer usti avtoturargohlari loyihaga kiritilgan. Boxroom — bu sizning narsalaringizni saqlashingiz mumkin bo'lgan 3 m²ga ega bo'lgan keng saqlash xonalari. Shuningdek, biz sizning velosipedlaringiz qulayligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida velosipedlar uchun maxsus saqlash joylarini xam taqdim etamiz. Turar-joy majmuasi hududida elektromobil egalariga qulaylikni kafolatlaydigan zaryadlovchi uskunalar xam majmuamiz loyihasida ko’zda tutilgan.
Loyihaning arxitekturasi, obodonlashtirish,fasadlar, interyerlar,materiallar tasvirlari, ularning raqamlanishi va majmua infratuzilmasi shartli bo'lib, loyihalash, qurish va foydalanish jarayonida o'zgartirilishi mumkin. Ushbu reklama ommaviy oferta hisoblanmaydi.


























