Meros
MEROS — Mirobod tumanida joylashgan, an’ana va innovatsiyalarni o‘zida mujassam etgan ultrazamonaviy turar-joy majmuasi. Makon eng mayda tafsilotlarigacha puxta o‘ylab chiqilgan: zamonaviy me’morchilikdan tortib shinam dam olish joylarigacha. Yangi turar-joy majmuasi sizning qulayligingiz uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni taqdim etib: yopiq hovli, xavfsiz dam olish joylari va zamonaviy infratuzilma yechimlari, hayot uchun ideal sharoitlarni yaratadi. Bu yerda qulaylik va hayot sifati yangi darajaga ko‘tariladi!
Ulkan hayot hududi

Majmua arxitekturasi
NRG Meros birinchi qarashdayoq o‘zining zamonaviy va nafis ko‘rinishi bilan e’tiborni tortadi. Arxitektura yechimlari so‘nggi tendensiyalarni hisobga olgan holda yaratilgan bo‘lib, uyg‘un va jozibali dizaynni taqdim etadi. 11, 13 va 16 qavatli baland binolar o‘zining nafisligi bilan hayratga soladi. Bezakda havo aylanib turadigan fasad va tabiiy toshdan foydalanish esa majmuaning tashqi ko‘rinishi ko‘p yillar davomida sizni quvontirishini ta’minlaydi.
Hovli hududi
Yopiq hovli yashil hududlar, mevali bog‘, mashq qilish joyi va tandir hamda qozonli autentik choyxona bilan jihozlangan, shuningdek, o‘ziga xos mikroiqlim yaratilgan. Noyob mualliflik landshafti, yashil hududlar, qulay kutish joyi va bolalar aravachalari uchun maxsus joy bilan jihozlangan dizaynerlik xollari nafislik va uslub bilan to‘yingan. Kichkintoylar uchun mo‘ljallangan keng bolalar maydonchalari bu loyihani haqiqatan ham o‘ziga xos qiladi.
Dizaynerlik xollari
Xollda butun turar-joy majmuasi haqida dastlabki taassurot shakllanadi. Shuning uchun biz bu yerda nafis dizayn va ko‘plab qulayliklarni yaratdik.
Qurilish qanday ketmoqda
Fotogalereya

Onlayn kameralar
Panorama 360
Loyihaning arxitekturasi, obodonlashtirish tasvirlari, fasadlar, interyerlar, materiallar, ularning raqamlanishi va majmua infratuzilmasi shartli bo'lib,loyihalash,qurilish va foydalanish jarayonida o'zgartirilishi mumkin.Ushbu reklama ommaviy oferta hisoblanmaydi.





