Sad’O — bu hatto katta shahar sur’atida ham ichki xotirjamlik topishingiz mumkin bo‘lgan maskandir. Bu yerda har bir tafsilot sizning uyg‘unligingiz uchun o‘ylangan: keng ko‘kalamzor hududlar, shinam dam olish maskanlari va sayr xiyobonlari yashash yoqimli bo‘lgan va qaytib kelishni istaydigan muhitni yaratadi
Biznes, Komfort
Uy-joy turi
9
Qavatlar soni
3 m
Shift balandligi
37-118 м²
Xonadonlar maydoni
Ulkan hayot hududi

Qurilish qanday ketmoqda
Fotogalereya

Onlayn kameralar
Sifat va uslub kafolati
Turar-joy majmuasining fasadi uchun biz faqat o'z qurilish standartlarimizga javob beradigan yuqori sifatli materiallardan foydalanamiz. Bu nafaqat xavfsizlikni, balki uylarning estetik, chiroyli ko'rinishini ham ta'minlaydi.
Hovlini obodonlashtirish
Avtomobillardan xoli xavfsiz va shinam yopiq hovli bolalar bilan sokin o‘yinlar o’ynash va sayr qilish uchun ideal joy. Sifatli materiallardan qilingan bolalar o’yin maydonchalaridan tashqari,siz bu yerda yashil ekinlarga boy ajoyib rohatbaxsh muhitning guvohi bo’lasiz. Barbekyu zonasi,yopiq fitnes zali, amfiteatr, hamda oilangiz va do'stlaringiz bilan sayr qilish uchun yashil huuddan zavqlanib yashang.
Dizaynerlik uslubidagi xoll
Loyiha va dizayn kontseptsiyasini ishlab chiqishda biz to'rt tabiat elementi — havo, suv, olov va tuproq elementlarini jonlantirdik. Bu narsa tabiiy materiallar, ranglar va dekorativ elementlardan foydalanganligimizda o’z aksini topgan. Har bir detal sizning majmuada komfort hayot kechirishingiz uchun mo’ljallangan bo’lib, tabiat bilan uyg’unlik va qulaylik yaratish maqsadida puxta o’ylab chiqilgan.
Funktsional xonalar
Sizning qulayligingiz uchun majmuada yer osti va yer usti avtoturargohlari; boxroom — o'z narsalaringizni saqlashingiz mumkin bo'lgan 3 m2 maydonli keng omborxonalar; transport vositalaringiz qulayligi va xavfsizligini ta'minlash uchun maxsus velosiped saqlash xonalari ko’zda tutilgan. Turar-joy majmuasi hududida elektromobil egalariga qulaylik yaratish maqsadida zaryadlovchi uskunalar xam o’rnatiladi.
Loyihaning arxitekturasi, obodonlashtirish, fasadlar, interyerlar, materiallar tasvirlari, ularning raqamlanishi va majmua infratuzilmasi shartli bo'lib, loyihalash, qurish va foydalanish jarayonida o'zgartirilishi mumkin. Ushbu reklama ommaviy oferta hisoblanmaydi.




















