Voha
Ulkan hayot hududi

Arxitektura
Majmuaning me’moriy qiyofasida tabiiy tosh va zamonaviy alyuminiy panellar uyg‘unlashib, tabiiy go‘zallik va zamonaviy dizayn o‘rtasidagi mutanosiblikni aks ettiradi.
VOHA — texnologiya, qulaylik va tabiatni yagona me’moriy-landshaft konsepsiyasida birlashtirgan uyg‘un zamonaviy muhitdir
Hovlini obodonlashtirish
Konsepsiyaning asosiy negizini chetdan keltirilgan va mahalliy o‘simliklar hamda tabiiy materiallardan foydalanish tashkil etadi. Bu esa barqaror mikroiqlimni saqlash va shakllantirishga xizmat qiladi.
Hududdagi suv havzalari ekologik muhitni yaxshilab, shahar faunasi uchun qulay sharoit yaratadi.
Dizaynerlik uslubidagi xoll
Turarjoy yashovchilari nafaqat o‘z xonadonlarida, balki unga olib boruvchi yo‘laklarda ham o‘zlarini har taraflama qulay sezishlari biz uchun muhimdir. Xollning har bir elementi nafislik va go‘zallikka to‘la bo‘lgan noyob muhit yaratish maqsadida sinchkovlik bilan tanlangan. Arxitekturasi bir qarashdayoq o‘ziga maftun qiladi, bezaklari esa sifat va uslubning yuqori talablariga to‘liq javob beradi.
Boshqaruv kompaniyasi
Servis kompaniyasi bo‘yicha dastlabki to‘lovlar:
Xonadon — 1 m² uchun 18 500 so‘m
Ofis — 1 m² uchun 19 772 so‘m
Yerosti avtoturargohi — bitta joy uchun 361 714 so‘m
Suv bo‘yida yashash nimani anglatadi?
Hovli bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanal shinam muhit yaratishga xizmat qiladi. Hovlining boshi va oxirida barpo etilgan sharsharalar esa oqayotgan suvning mayin shovqinini ta’minlaydi.
Shuningdek, umumiy foydalanish uchun yapon karpi baliqlari bo‘lgan pirs ham mavjud bo‘lib, yumshoq mebellar bilan jihozlangan dam olish hududi tashkil etilgan.
Birinchi qavatlarda kanal bo‘yidagi sayr hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega xonadonlar mavjud.
Qurilish qanday ketmoqda
Fotogalereya

Onlayn kameralar
Panorama 360
Loyihaning arxitekturasi, obodonlashtirish, fasadlar, interyerlar, materiallar tasvirlari, ularning raqamlanishi va majmua infratuzilmasi shartli bo'lib, loyihalash, qurish va foydalanish jarayonida o'zgartirilishi mumkin. Ushbu reklama ommaviy oferta hisoblanmaydi.
















