Zamon
Zamon — bu yashash tarzining yangi konsepsiyasi bo‘lib, unda qulay xonadonlardan tashqari, istiqomat qiluvchilarga hududni har tomonlama obodonlashtirishning barcha qulayliklari taqdim etiladi.
Biz har qanday didga mos keladigan zamonaviy uy-joylarni taklif qilamiz — shinam studiyalardan tortib, katta oilalar uchun keng xonadonlargacha.
Zamon shuningdek, keng ko‘lamli tijorat imkoniyatlarini ham taqdim etadi: do‘konlar, restoranlar va boshqa biznes loyihalari uchun joylar mavjud.
Majmuaning asosiy afzalliklaridan biri uning qulay joylashuvidir: yaqin atrofda maktablar va bolalar bog‘chalari bor, metro bekatga yaqinligi esa shaharning barcha hududlariga tez yetib borishni ta’minlaydi.
Dam olish va sayr qilish uchun mo‘ljallangan yashil xiyobonlar — shaharning shovqin-suronidan uzoqlashib, tabiat qo‘ynida osoyishtalikdan bahramand bo‘lish mumkin bo‘lgan maskanga aylanadi.
Zamon — qulay va baxtli hayot uchun eng maqbul muhit.
Ulkan hayot hududi

Majmua arxitеkturasi
ZAMON turar-joy majmuasining me’moriy qiyofasi o‘zining soddaligi, ranglarning nozik uyg‘unligi va bir-biriga mos ravishda joylashgan nafis geometrik shakllari bilan kishini hayratga soladi.
Kelajakdagi uyingizning tashqi ko‘rinishidagi har bir tafsilot puxta o‘ylangan va uslubiy jihatdan mukammal ishlab chiqilgan.
Hovli maydoni
Uylar atrofidagi hududni obodonlashtirish ishlariga biz alohida e’tibor qaratdik, sababi turarjoy majmuasining muhim va ajralmas qismlaridan biri – bu hovli maydonidir, chunki kеlgusida yashovchilar bo‘sh vaqtlarini aynan shu yеrda toza havoda maroqli va foydali o‘tkazadilar.
Dizaynеrlik xollari
Xollar ichki dizaynida nafis ranglar uyg‘unligida sharqona uslublar qo‘llangan. NRG Zamonning hashamdor xolliga kirishingiz bilan, Siz va mеhmonlaringiz o‘z uyidеk shinamlik va samimiylik muhitiga tushib qolasiz va bu еrda to‘liq xotirjamlikni his etasiz.
Qurilish qanday ketmoqda
Fotogalereya

Onlayn kameralar
Loyihaning arxitekturasi, obodonlashtirish, fasadlar, interyerlar, materiallar tasvirlari, ularning raqamlanishi va majmua infratuzilmasi shartli bo'lib, loyihalash, qurish va foydalanish jarayonida o'zgartirilishi mumkin. Ushbu reklama ommaviy oferta hisoblanmaydi.
















