Asxat Omarov CAU Business Summit 2025 da: "Har bir inqiroz — bu o‘zgarish ichun imkoniyat”
Central Asian University maydonida bo‘lib o‘tgan CAUBusiness Summit 2025 doirasida
BI Group Holding direktorlar kengashi raisi Asxat Omarov kompaniyaning global turbulentlik sharoitida barqaror rivojlanish falsafasini ochib beruvchi taqdimot bilan chiqdi.
Sammit Markaziy Osiyodagi biznes yetakchilari, investorlar va ekspertlarni birlashtirdi, tadbirning eng yuqori nuqtasi esa Forbes Media rahbari Stiv Forbsning nutqi bo’ldi.
Asxat Omarov o‘zining ilhomlantiruvchi nutqida: "Har bir inqiroz — bu
transformatsiya nuqtasidir. Maqsadimiz — tayyor bo‘lish, ajablanish emas" deya ta’kidladi. BI Group ushbu strategiyani bir necha bor tasdiqladi — kompaniya quyidagi qiyinchiliklarni barqaror yengib o‘tdi: 2007-yildagi global inqirozdan tortib
COVID-19 pandemiyasigacha. Asxat Omarov xolding daromadlari dinamikasini taqdim etib, hatto
beqarorlik sharoiti davrlarida xam strategik moslashuvchanlik bo’lsa o’sish bo’lishini ta’kidlab o’tdi.
Uning nutqining asosiy mavzusi McKinsey’s Horizons modeliga asoslangan kapitalning puxta o‘ylangan taqsimoti bo‘ldi: asosiy biznesni qo‘llab-quvvatlash (70%), yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish (20%) va kelajakdagi bozorlarga sarmoya kiritish (10%).
Shu bilan birga, Asxat Omarovning so‘zlariga ko‘ra, investitsiyalarni baholash nafaqat daromadlilikka, balki strategik ahamiyatga ham asoslanadi: "Menejment e’tiboriga qaytish — bu liderlar uchun yangi KPIdir."
Korporativ madaniyatga e’tibor xam muhim jihatlardan biri bo‘ldi. "Inqiroz nafaqat biznes modelini, balki madaniyatni ham sinovdan o‘tkazmoqda. Jamoa esa turbulentlik davridagi asosiy aktivdir"
— deb aytdi spiker. BI Group beqarorlikni o‘sish platformasiga aylantirib, asosiy vakolatlarni saqlab qolishga va yangi yetakchilarni tarbiyalashga muvaffaq bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda,
Asxat Omarov Uinston Cherchillning "Generallar har doim bo‘lib o‘tgan urushga tayyorgarlik ko‘rishadi" degan so‘zlariga murojaat qildi. BI Group uzoq muddatli maqsadlarga yo‘naltirilgan, to‘liq hayotiy siklli mijoz strategiyasi va rivojlanishning zamonaviy yondashuvlariga oriyentirlangan barqaror biznes modelini shakllantirishda faqat va faqat oldinga intiladi.