Aydin Rahimbayev O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi
29 avgust 2025
2025 yil 27 avgust kuni BI Group xalqaro xoldingining CEOsi Aydin Rahimbayev O‘zbekiston Respublikasining eng oliy davlat mukofotlaridan biri — «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Mukofot mamlakat hududida investitsion, infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun topshirildi.
Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosida bo‘lib o‘tdi. Orden Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomidan Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Abduxakimovich Xodjayev tomonidan topshirildi.
BI Group ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorlik bildiradi va xoldingning O‘zbekistondagi uzoq muddatli hamda barqaror rivojlanishga sodiqligini tasdiqlaydi.