BI GREEN: BI GROUPning Toshkentni ko‘kalamzorlashtirishga qo‘shgan hissasi

        15 mart 2025
        82ab5fb5-5c3a-4798-9f8e-f66f66a9b725.jfif

        Zamonaviy shahar nafaqat binolar va yo‘llar, balki uni yashash uchun qulay qiladigan yashil hududlar hamdir. BI GROUP eng yirik xalqaro investitsiya va qurilish xoldinglaridan biri bo‘lib, atrof-muhit g’amxo’rligi uchun o‘z mas’uliyatini anglaydi va shahar muhitini yaxshilashga qaratilgan BI GREEN tashabbusini amalga oshiradi.

        BI GREEN dasturi 2020-yilda Qozog‘istonda o’z faoliyatini boshlagan va shu vaqt ichida Astanada 1900 ta daraxt va 600 ta buta ekilgan. Ushbu loyiha atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish madaniyatining muhim qismiga aylandi va biznes shaharlarni obodonlashtirishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligining namunasi bo‘ldi.

        2024-yilda BI GREEN tashabbusi Qozog‘istondan tashqariga chiqib, O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. 17-mart kuni Toshkentdagi "Do‘stlik" bog‘ida (sobiq Bobur bog‘i) BI GROUP xodimlari "Breathe Tashkent" ko‘ngillilari bilan birgalikda 200 ga yaqin daraxt ekishdi. Ushbu tadbir biznes va jamiyatning shaharni yashilroq va qulayroq qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini birlashtirish ramziga aylandi.

        Bu yil tashabbus davom etmoqda: BI GROUP ASAKABANK, YESS! COFFEE, ZEBRANO MEBEL va Westminster universiteti talabalari bilan birgalikda "MILLIY BOG‘" bog‘ini ko‘kalamzorlashtirishda ishtirok etmoqda. Bu shunchaki daraxt ekish emas, balki shaharning ekologik kelajagiga hissa qo‘shish, atrof-muhitga birgalikda g‘amxo‘rlik qilishga undash va kichik qadamlar ham katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini eslatishdir.

        BI GREEN — bu tabiatga shu yerda va hozir g’amxo’rlik qilish — oddiy, ammo  muhim qadamdan boshlanadigan kelajakka qo‘shilgan hissadir.

        Saytda chop etilgan materiallarga bo’lgan barcha huquqlar BI Group © 1995-2025 kompaniyasiga tegishli.
        Foydalanuvchi saytda joylashtirilgan har qanday materiallar BI Group (mualliflik huquqi egasi) intellektual mulki ob'yektlari ekanligi haqida ogohlantiriladi. Foydalanuvchi mualliflik huquqi egasining oldindan yozma ruxsatisiz intellektual mulk ob'yektlari bilan xech qanday harakatlarni amalga oshirishga haqqi yo’q, aks holda mualliflik huquqi egasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalarni undirishga haqli, shuningdek ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
        Ushbu saytda taqdim etilgan har qanday ma'lumot faqat ma'lumot olish uchun mo'ljallangan va hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.