BI Group BI Sad’O turar joy majmuasida kalitlarni topshirishni boshladi

27-sentabr kuni holding BI Sad’O turar joy majmuasining birinchi bosqichi qurilishini rasman yakunladi. Endilikda aholi o‘z kalitlarini olib, ta’mirlash ishlariga kirishishi mumkin.
Ushbu muhim voqeani mijozlarimiz bilan baham ko‘rish maqsadida, biz kalitlarni tantanali topshirish marosimini tashkil etmoqdamiz. Tadbir 4-oktabr kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.
📍 BI Sad’O TJM,Yashnobod tumani, Ohangaron yo‘li, 55-uy
Tadbir dasturida quyidagilar nazarda tutilgan:
• Kompaniya vakillarining tabrik so‘zlari;
• Majmua hududi bilan tanishtirish;
• Bayramona muhit, furshet va bolalar uchun dastur.
BI Group uchun BI Sad’O tirar joy majmuasidagi kalitlarni topshirish — bu nafaqat qurilishning muhim bosqichini yakunlash, balki mijozlar oldidagi mas’uliyatni tasdiqlashdir. Holding O‘zbekistonda faol rivojlanishda davom etmoqda va zamonaviy uy-joy yechimlarini taklif etib, qulay shahar muhitini yaratmoqda.