BI GROUP – Samarkand Marathon 2024 homiysi bo‘ldi

2-3 noyabr kunlari Samarqand yorqin sport tadbiriga mezbonlik qildi – turli hududlardan va xorijdan kelgan ishtirokchilarni birlashtirgan yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
BI GROUP Tashkent kompaniyasi ushbu muhim tadbirning rasmiy hamkori sifatida ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzi va faol dam olishga bo‘lgan sodiqligini yana bir bor namoyish etdi. Kompaniyaning ko‘plab xodimlari ham 5, 10 va 21 km masofadagi yugurishlarga qo‘shildi.
Bu yilgi marafonda 6000 dan ortiq yuguruvchi qatnashdi, ularga professional sportchilar va havaskorlar ham qo‘shildi. Ishtirokchilar 42 km klassik masofadan tortib qisqaroq yugurish masofalarigacha bo‘lgan musobaqalarda kuch sinashdi.
BI GROUP Tashkent bunday tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlaydi, chunki sport kompaniya korporativ madaniyatining muhim qismi hisoblanadi.
Marafon davomida BI GROUP jamoasi oldingi safda turib, ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash va hamjihatlik muhitini yaratishga hissa qo‘shdi.
Bundan tashqari, YESS! Coffee va Yamaguchi bilan hamkorlikda maxsus ichimlik berish shoxobchalari va "relax" zonasi tashkil etildi. U yerda har bir ishtirokchi yugurishdan oldin yoki keyin massaj kreslolarida dam olishi mumkin edi.
Shuningdek, tadbir davomida BI GROUP brend zonasi o‘rnatildi. Global shakldagi ushbu maydonchada kompaniyaning loyihalari joylashgan lokatsiyalar aks ettirildi, bu esa tadbir ishtirokchilarining katta qiziqishini uyg‘otdi.
Biz "BI ACTIVE" yo‘nalishini yanada faol rivojlantirishni rejalashtiryapmiz va shunday tadbirlar mamlakatimizda sport madaniyatining rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonamiz.
BI GROUP Tashkent ushbu yirik sport tadbirining tashkil etilishiga o‘z hissasini qo‘shganidan faxrlanadi va O‘zbekistonda sportni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda.