BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

        26 iyun 2025
        ad3ed8ff-6fa4-4a45-8770-73a0977a6ad8.jfif

        25-iyun kuni BI Group va Asakabank strategik hamkorlik boshlanganini e’lon qildi. Ushbu hamkorlik natijasida tadbirkorlar va tijorat ko‘chmas mulkiga sarmoya kirituvchilar uchun mo‘ljallangan yangi ipoteka mahsuloti yaratildi. Qo‘shma tashabbus O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes rivoji uchun noyob imkoniyatlarni ochadi.

        Hamkorlik doirasida mijozlarga quyidagi qulay ipoteka shartlari taklif etiladi:
        • Kredit miqdori — 3 milliard so‘mgacha
        • Kredit muddati — 60 oygacha
        • Foiz stavkasi — 0% dan 24% gacha
        • Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan boshlab

        Bunday shartlar dasturni keng doiradagi biznes vakillari  — yangi tadbirkorlardan tortib yirik kompaniya egalarigacha, o‘z ofislari, do‘konlari, salonlari yoki omborlarini kengaytirmoqchi bo‘lganlar uchun ochiq va imkoniyatli qiladi.

        Kuchli hamkorlik — kuchli mahsulot

        Markaziy Osiyoning yirik developerlaridan biri — BI Group va O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri — Asakabank qurilish va moliya sohasidagi tajribasini birlashtirib, tijorat ko‘chmas mulkini xarid qilish uchun eng qulay va manfaatli moliyaviy vositani yaratishdi.

        Hamkorlik tadbirkorlik faolligini oshirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va shahar infratuzilmasiga sarmoya jalb qilishga qaratilgan.

        Maslahat olish va ariza topshirish uchun mijozlar quyidagi manzillarga murojaat qilishlari mumkin:

        BI Group — tel. 1360
        Asakabank — tel. 1152

        Hamda quyidagi manzillarda joylashgan sotuv ofislarimizga tashrif buyurishlari mumkin:

        Toshkent sh., Nukus ko‘chasi,91/1
        Toshkent sh., Farg‘ona Yo‘li ko’chasi,25/2

        Biznes uchun yangi imkoniyatlar

        Ushbu dastur ishga tushirilishi bilan BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tadbirkorlik ekotizimini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam qo‘ymoqda. Bu shunchaki kredit emas — bu sizning biznesingiz kelajagiga ishonchli sarmoyadir.

        BI Group va Asakabank bilan yangi ufqlarga yo‘l oling!

        Saytda chop etilgan materiallarga bo’lgan barcha huquqlar BI Group © 1995-2025 kompaniyasiga tegishli.
        Foydalanuvchi saytda joylashtirilgan har qanday materiallar BI Group (mualliflik huquqi egasi) intellektual mulki ob'yektlari ekanligi haqida ogohlantiriladi. Foydalanuvchi mualliflik huquqi egasining oldindan yozma ruxsatisiz intellektual mulk ob'yektlari bilan xech qanday harakatlarni amalga oshirishga haqqi yo’q, aks holda mualliflik huquqi egasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalarni undirishga haqli, shuningdek ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
        Ushbu saytda taqdim etilgan har qanday ma'lumot faqat ma'lumot olish uchun mo'ljallangan va hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.