BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi — BI GROUP xalqaro develeoperining turar-joy majmualaridagi xonadonlariga 25% gacha chegirmalar!

        8 iyul 2025
        photo_5435872294317717274_w (1).jpg

        5 iyul kuni xalqaro develeoper BI GROUP Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan BI Sad’O Business loyihasida Ochiq eshiklar kunini o‘tkazdi. Aynan shu kuni yozgi CHILLA aksiyasiga start berildi — BI GROUP kompaniyasining turar-joy majmualaridagi xonadonlarga  25% gacha chegirmalar e’lon qilindi.

        Ushbu tadbirda 500 nafardan ortiq mehmonlar — potentsial xaridorlar, kelajakdagi yashovchilar va hamkorlar ishtirok etdi.


        Tadbir doirasida mehmonlar uchun obyekt bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etildi, qurilishning joriy bosqichi namoyish qilindi va BI GROUP xalqaro develeoperi qo‘llayotgan zamonaviy qurilish yechimlari taqdim etildi.

        bi group, реклама

        Tadbirning eng qiziqarli qismlaridan biri — namoyish (demo) xoll va qavatning taqdimoti bo‘ldi. Mehmonlar bu yerda kelajakdagi uylari qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini real rejalashtirish asosida shaxsan ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ular terassali noyob xonadonlar, piknik uchun obodonlashtirilgan yashil hudud, quruq favvora, barbekyu zonasi, amfiteatr va workout hududi haqida ham batafsil ma’lumot olishdi — bu esa majmuada yashashni yanada qulay va yoqimli qiladi.

        bi group, реклама

        Tadbir davomida kompaniya mutaxassislari tashrif buyurganlar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berishdi, shuningdek, xonadon tanlash bo‘yicha professional maslahatlar ham taqdim etildi.

        bi group, реклама

        Ochiq eshiklar kuni yana bir bor BI GROUP kompaniyasining ishonchli xalqaro develeoper sifatidagi yuqori maqomini namoyon etdi. Kompaniya ko‘chmas mulk bozorida yangi tendensiyalarni shakllantira oladigan, turar-joy loyihalarida sifatning yangi darajasini belgilab bera oladigan yirik qurilish brendi ekanini amalda isbotladi.

        Saytda chop etilgan materiallarga bo’lgan barcha huquqlar BI Group © 1995-2025 kompaniyasiga tegishli.
        Foydalanuvchi saytda joylashtirilgan har qanday materiallar BI Group (mualliflik huquqi egasi) intellektual mulki ob'yektlari ekanligi haqida ogohlantiriladi. Foydalanuvchi mualliflik huquqi egasining oldindan yozma ruxsatisiz intellektual mulk ob'yektlari bilan xech qanday harakatlarni amalga oshirishga haqqi yo’q, aks holda mualliflik huquqi egasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalarni undirishga haqli, shuningdek ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
        Ushbu saytda taqdim etilgan har qanday ma'lumot faqat ma'lumot olish uchun mo'ljallangan va hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.