“Qozog‘istonlik developer BI Group va Murad Buildings 2025-yil 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Great Silk Road Business Cooperation Forum” xalqaro biznes-forumida O‘zbekistondagi qo‘shma faoliyatining keyingi bosqichi

“Qozog‘istonlik developer BI Group va Murad Buildings 2025-yil 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Great Silk Road Business Cooperation Forum” xalqaro biznes-forumida O‘zbekistondagi qo‘shma faoliyatining keyingi bosqichi — kompaniyaning mahalliy o‘ziga xosligini saqlagan holda NRG ulushlarini BI Group’ga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Bu BI Group’ning O‘zbekiston bozoridagi uzoq muddatli faoliyat strategiyasining navbatdagi bosqichi bo‘lib, hamkorlarning tanlangan kasbiy yo‘nalishlarga bo‘lgan o‘zaro hurmatini tasdiqlaydi. NRG kompaniyasi “NRG – BI” brendi ostida va BI Group’ning mahalliy boshqaruv jamoasi bilan o‘z faoliyatini davom ettiradi.
NRG mijozlari, xodimlari va hamkorlari uchun bu o‘zgarishlar majburiyatlarning saqlanishi hamda belgilangan yo‘nalishning izchil davom etishini anglatadi.
Xizmat ko‘rsatish standartlari takomillashtiriladi, amaldagi va ishga tushirilgan loyihalar bo‘yicha kelishuv shartlari o‘zgarmaydi. BI Group O‘zbekiston qonunchiligiga sodiq qolishini, davlat institutlari va mahalliy hamjamiyatlar bilan yaqin hamkorlikda ishlashini, mahalliy yetkazib beruvchilarga ustuvorlik berishini va mamlakat ichida kadrlar salohiyatini rivojlantirishini tasdiqlaydi.BI Group bosh direktori va aksiyadori Aydin Rahimbayevning sharhi:"Biz O‘zbekistonga ishonch bajarilgan va’dalar bilan tasdiqlanadigan hamkorlik sifatida qaraymiz. NRG boshqaruvining BI Group’ga o‘tishi — bu yo‘nalishni o‘zgartirish emas, balki boshlangan ishning mantiqiy davomi. Biz milliy urf-odatlar va kasbiy madaniyatga chuqur hurmat ko‘rsatamiz hamda uzoq muddatli muvaffaqiyatga faqat mahalliy jamoalarga tayanib, har bir mavze va uyga mas’uliyat bilan yondashilgandagina erishish mumkinligini tushunamiz."Murad Buildings asoschisi va NRG hammuassisi Murod Nazarovning sharhi:
“Besh yillik hamkorligimiz biz uchun qimmatli tajriba bo‘ldi. Shu davr mobaynida NRG bir qator muhim va betakror loyihalarni amalga oshirdi. Ishonchim komilki, BI Group’dagi hamkasblarimiz boshqaruvi ostida NRG bundan buyon ham shunday tez va sifatli qurilishni davom ettiradi.
Biz Murad Buildings’ni rivojlantirishga e’tibor qaratamiz, loyihalarning noyobligi, zamonaviy texnologiyalar va sifatga alohida urg‘u beramiz. Eng muhimi, barcha mijozlar va hamkorlarimizni yanada ko‘proq ardoqlaymiz.
Ishonchingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Bu bizni yanada oldinga intilishga, insonlarga xizmat qiladigan va shahrimizni yanada ko‘rkam qiladigan loyihalar yaratishga ilhomlantiradi.”NRG – BI kompaniyasi barqaror qurilish, shaffof narxlash va mijozlarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish tamoyillarini inobatga olgan holda O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi. Kompaniya xaridorlarni qurilish jarayoni va loyihalarning asosiy bosqichlari haqida muntazam ravishda xabardor qilib boradi, shuningdek, mahalliy mutaxassislar uchun malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqadi. Barcha muloqotlar va qarorlar mamlakatning shaharsozlik siyosatiga muvofiq, tegishli idoralar bilan doimiy hamkorlikda qabul qilinadi.
BI Group haqida ma’lumot
BI Group — to‘liq sikl modeli asosida faoliyat yuritadigan, Markaziy Osiyoning eng yirik developerlik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya mijozlar oldidagi mas’uliyat, sifat va davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan ochiq hamkorlik tamoyillariga rioya qiladi.Murad Buildings haqida ma’lumot
Murad Buildings — Murod Nazarov tomonidan asos solingan, O‘zbekistonning yetakchi developerlik kompaniyasi bo‘lib, me’moriy o‘ziga xoslik, loyihalash va qurilishning yuqori standartlariga e’tibor qaratgan holda mualliflik turar-joy loyihalarini rivojlantiradi. Kompaniya yuqori sifat, estetika va innovatsiyalarni uyg‘unlashtirgan holda zamonaviy, puxta o‘ylangan va ilhom beruvchi makonlarni yaratadi.Ma’lumot uchun:
Yakunlangan hamkorlik loyihalari: NRG Oybek, NRG U-Tower, NRG Qorasuv, NRG Hayot, NRG Park, NRG Mirzo Ulug‘bek.