NRG-BI kompaniyasi Toshkentdagi Hamkorlar forumida hamkorlik hamjamiyati vakillarini birlashtirdi
12-sentabr kuni AZIMUT Grand Hotel’da NRG-BI Hamkorlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyaning hamkorlik hamjamiyatidan 150 ga yaqin vakil ishtirok etdi. Tadbirning asosiy mavzulari hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, kompaniya ishining natijalari, kelgusi strategiya va hamkorlikning yangi istiqbollari bo‘ldi.
Forum NRG-BI va uning hamkorlari o‘rtasida ochiq muloqot maydoniga aylandi, shuningdek, kompaniyaning joriy rivojlanishini taqdim etish va kelgusi harakatlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish imkoniyatini berdi.
Tadbir doirasida NRG-BI vakillari o‘tgan davr yakunlarini sarhisob qildilar, erishilgan natijalar haqida so‘z yuritdilar hamda kompaniyaning rivojlanish bo‘yicha keyingi bosqich rejalari bilan bo‘lishdilar. Hamkorlik tarmog‘ini yanada mustahkamlash va birgalikda ishlash imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
NRG-BI uchun hamkorlik hamjamiyati biznesning barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Kompaniya shaffoflik, o‘zaro manfaatdorlik va maqsadlarni bir xil tushunishga asoslangan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatishga intiladi. Forum, shuningdek, ishtirokchilarga NRG-BI strategiyasi hamda rivojlanish istiqbollari bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish va hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qilish imkonini berdi.
Hamkorlar forumining o‘tkazilishi NRG-BI brendi atrofida kuchli hamkorlik ekotizimini shakllantirishdagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Kompaniya ushbu yo‘nalishni rivojlantirishda davom etishni, professional hamjamiyat bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishni va birgalikda o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qilgan.
NRG-BI ko‘chmas mulk bozoridagi o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Buning uchun u develompentga zamonaviy yondashuvlar, uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va hamkorlar bilan tizimli ishlash amaliyotini uyg‘unlashtirmoqda.