NRG-BI Sad’O TJM bosqichini belgilangan muddatidan oldin topshirmoqda

        6 aprel 2026
        668A9920.jpg

        NRG-BI Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Sad’O Comfort turar joy majmuasining 1–2-bosqichini muddatidan avval yakunlamoqda. Obyekt belgilangan muddatdan 3 oy oldin foydalanishga topshirilmoqda, bu esa kompaniyaning loyihalarni boshqarish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga rioya etishdagi tizimli yondashuvini tasdiqlaydi.

        Xonadon kalitlari 4-aprel kuni o‘z egalariga topshiriladi. NRG-BI bo‘lajak mulkdorlar va qiziquvchi mijozlarni Sad’O Comfort 1-2 majmuasidagi xonadon kalitlarini topshirish marosimiga taklif etadi. Tadbirda mehmonlar loyihaning yakunlangan holati bilan tanishish, qurilish sifati, obodonlashtirish darajasi va turar joy majmuasi infratuzilmasining tayyorligini shaxsan baholash imkoniga ega bo‘ladilar.

        Sad’O Comfort 1-2 majmuasi qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga yo‘naltirilgan. Majmua hududida tun-u kun videokuzatuv ostida bo‘lgan yopiq va ko‘kalamzorlashtirilgan hovli, zamonaviy bolalar maydonchasi, shuningdek, farzandli oilalar uchun funksional yechimlar — xollarda bolalar aravachalari uchun maxsus joylar va aqlli qulflar tizimi ko‘zda tutilgan.

        Faol hayot tarzini olib boruvchi rezidentlar uchun workout-hududi jihozlangan. Shuningdek, majmuada dam olish va muloqot uchun maxsus joylar, xususan, oila va do‘stlar davrasida ochiq havoda vaqt o‘tkazishga mo‘ljallangan choyxona ham mavjud.

        Obyektning muddatidan avval topshirilishi xaridorlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki bu yangi xonadonga ko‘chib o‘tishni yoki ko‘chmas mulkni ijaraga berish kabi sarmoyaviy rejalarni tezroq amalga oshirish imkonini beradi.

        Saytda chop etilgan materiallarga bo'lgan barcha huquqlar NRG - BI © 1995-2026 kompaniyasiga tegishli.
        Foydalanuvchi saytda joylashtirilgan har qanday materiallar NRG - BI (mualliflik huquqi egasi) intellektual mulki ob'yektlari ekanligi haqida ogohlantiriladi. Foydalanuvchi mualliflik huquqi egasining oldindan yozma ruxsatisiz intellektual mulk ob'yektlari bilan xech qanday harakatlarni amalga oshirishga haqqi yo’q, aks holda mualliflik huquqi egasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalarni undirishga haqli, shuningdek ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
        Ushbu saytda taqdim etilgan har qanday ma'lumot faqat ma'lumot olish uchun mo'ljallangan va hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.