NRG-BI Toshkentda BuildEX trening markazini ochdi
Toshkent, 2025-yil 13-noyabr. NRG-BI xalqaro developerlik xoldingi Toshkentda BuildEX trening markazi — nazariy bilimlar amaliyot va real qurilish keyslari (misollari) bilan mustahkamlanadigan zamonaviy ta’lim maydoni ochilganini e’lon qildi.
BuildEX markazining ochilishi NRG-BI ekotizimini O‘zbekistonda rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi va u kompaniyaning kelajakdagi loyihalari uchun kuchli professional kadrlar bazasini shakllantirishga qaratilgan. Markaz yiliga 4 160 nafar tinglovchini o‘qitishga mo‘ljallangan. Unda kompaniya xodimlari bilan bir qatorda biznes-hamkorlar vakillari ham tahsil oladi.
BuildEX o‘quv jarayoni ishtirokchilariga zamonaviy uskunalar, xoldingning real loyihalarida qo‘llaniladigan sohaviy texnologiya va metodikalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. O‘quv dasturi asosini nazariy modullar va amaliy tayyorgarlik uyg‘unligi tashkil etadi. Mashg‘ulotlar qurilish maydonlarida va loyihalarni boshqarishda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan oliy toifali murabbiylar tomonidan olib boriladi.
O‘qitish tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ta’lim dasturlarining modul tizimi;
- bosh pudratchi mutaxassislarining murabbiyligi;
- standartlashtirilgan o‘quv materiallari;
- xodimlarning lavozim bo‘yicha o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan sertifikatlash tizimi;
- raqamli ta’lim platformasi;
- faoliyatning barcha yo‘nalishlari uchun yagona o‘quv markazi.
BuildEX strategiyasi xolding ichidagi qurilish jarayonlarining samaradorligi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan. Trening markazi NRG-BI kompaniyasining yagona sohaviy madaniyati va standartlarini ishlab chiqish uchun sharoit yaratadi, xodimlarni muntazam qayta attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirishga xizmat qiladi, uzluksiz ta’limni qo‘llab-quvvatlaydi, eng yaxshi ichki va tashqi ekspertlarni jalb qiladi hamda loyihalarni bajarish unumdorligi va sifatini oshiradi.