Sumalak Party от NRG-BI!

NRG-BI kompaniyasi o‘z turar joy majmualari aholisi uchun haqiqiy bahor bayrami — Sumalak saylini tashkil etdi!
Bu qo‘shnilar Navro‘z shukuhidan bahramand bo‘lib, lazzatli sumalakdan tatib ko‘rgan hamda do‘stlar va yaqinlar davrasida maroqli hordiq chiqargan samimiy va jonli uchrashuv bo‘ldi.
Bundan tashqari, NRG-BI kompaniyasi Sodiq Azimov ko‘chasida ham bayram tadbirini tashkil etib, barcha xohlovchilarga sumalak ulashdi. Shu kuni kompaniya yo‘lovchilarga 300 dan ortiq sumalak tarqatib, shahar aholisi va mehmonlariga chinakam iliq va bayramona kayfiyat baxsh etdi.
✨ NRG-BI shunchaki turar joy majmualarini emas, balki qulay, go‘zal va mazmunli hayot uchun maskanlarni barpo etadi. Bu yerda nafaqat uylarning o‘zi, balki his-tuyg‘ular, an’analar va hamjihatlik tuyg‘usi ham muhim ahamiyatga ega.
📞 1360